“Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi bo‘yicha respublika tanlovining institut bosqichi natijalari e'lon qilindi

“Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi bo‘yicha respublika tanlovining institut bosqichi natijalari e'lon qilindi

 2019-yil 18-noyabr kuni “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasidagi tanlovning institut bosqichi natijalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

 Yig‘ilishda institut iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i X.Shennayev tanlovda faol ishtirok etgan barcha talabalarga minnatdorlik bildirdi. Tadbirda tanlovning Hakamlar hay'ati a'zolari hamda iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Tanlov natijalarini institut “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, professor N.Oblamurodov e'lon qildi.

 

 Hakamlar hay'atining qaroriga asosan tanlovning institut bosqichida 1-o‘rin Byudjet hisobi va g‘aznachilik fakulteti 3-kurs talabasi Maxamadaliyeva Maxliyaxonga, 2-o‘rin Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti 3-kurs talabasi Qodirov Shokirjonga va 3-o‘rin Moliya fakulteti 4-kurs talabasi Azzamova Dinoraga berildi. Ushbu talabalarning maqolalari tanlovning respublika bosqichiga tavsiya etildi. Tanlov ishtirokchilari va g‘oliblari 2019-yil noyabr oyida bo‘ladigan institut Kengashida institut rektorining diplom va faxriy yorliqlari bilan taqdirlanadi.

 

 

16:10 / 2019-11-20
Success helper
Success warning